14/09/2023

Joriy yilning 14- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Farg‘ona tumanining 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, yashash shart-sharoitlarini yaxshilash shu va boshqa ma'lumotlar haqida axbort berdi.