14/09/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 35 875 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 649 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahrida – 5 818 ta
Qo‘qon shahrida – 3 809 ta
Marg‘ilon shahrida – 3 172 ta
Oltiariq tumanida – 1 993 ta
Uchko‘prik tumanida – 1 853 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 14 145 ta
sanoat sohasida – 7 740 ta
qurilish sohasida – 2 876 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 095 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 725 ta