15/09/2023

Joriy yilning 15-sentabr kuni Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ibirinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi yetakchi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva bilan birgalikda Qo‘shtepa tumani, "Qizilariq” MFY, Mardona ko‘chasi 19-uy xo‘jaligida yashovchi T.Mahmudov bilan yaqindan suhbatlashib, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan barcha ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.