18/09/2023

Joriy yilning 15-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan  “O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–868-son qonunining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, 2023- yil 13 -sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–868-son Qonuni Prezident tomonidan imzolanligi, qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshirilishi, davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yilganligi, qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi, davlat chegarasini kesib o‘tishda quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida, samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida, shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda, belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish, transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish, har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanishi haqida ma’ruza qildi.

Bundan tashqari, chegara mintaqasida begona shaxslarning kirishiga, xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga, suzish vositalarining chegara daryolariga, ko‘llariga va boshqa suv havzalariga kirishiga nisbatan qo‘shimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

            Axborot xizmati.