10/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida Toshloq tumanining doimiy aholisi 227,1 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga o‘sdi.

 Aholining gender tarkibi deyarli muvozanatli bo‘lib, erkaklar soni 116,0 ming nafarni, ayollar soni esa 111,1 ming nafarni tashkil etdi.

 173,1 ming nafar fuqaro qishloq joylarda, 54,0 ming nafarga yaqin aholi esa shahar hududlarida yashaydi.

 Joriy yilning yanvar–mart oylarida tumanda 1 206 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shu davrda 223 ta o‘lim holati qayd etilib, tabiiy ko‘payishning yuqori darajada saqlanib qolayotganini tasdiqladi.

 Hisobot davrida 158 ta nikoh qayd etilgan. Nikohdan ajralishlar soni esa 69 tani tashkil etgan.

Tumanga 168 nafar fuqaro ko‘chib kelgan bo‘lsa, 228 nafar fuqaro boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.