2025/2026-o‘quv yili boshida Farg‘ona viloyatidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 59,6 ming nafarga yetdi. Bu o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 10,3 ming nafarga yoki 21 foizga ko‘pdir.
Akademik litseylarda 2,3 ming nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa, texnikumlarda ularning soni 57 ming nafardan oshdi.
Akademik litsey o‘quvchilarining eng katta qismi Farg‘ona shahrida (2,0 ming nafar) tahsil olmoqda. Texnikumlarda esa eng ko‘p o‘quvchilar Qo‘qon (7,6 ming nafar), Marg‘ilon (7,5 ming nafar) va Farg‘ona (6,7 ming nafar) shaharlarida qayd etilgan.
Texnikumlarda tahsil olayotgan qizlar ulushi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu qizlarning kasbiy ta’limga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.




