10/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga jami 7,7 ming tonna sabzi eksport qilinib, uning qiymati 1,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Viloyatda yetishtirilayotgan sifatli va raqobatbardosh sabzi mahsulotlariga xalqaro bozorlarda talabning ortib borayotgani eksport ko‘rsatkichlarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sabzi eksporti hajmi 1,9 ming tonnaga ko‘payib, tashqi savdo faoliyatida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi.

 Eksport hajmlarining oshib borayotgani Farg‘ona viloyatining qishloq xo‘jaligi salohiyati yuksalayotgani hamda mahalliy mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi raqobatbardoshligi ortib borayotganidan dalolat beradi.