21/09/2023

Joriy yilning 20-sentabr kuni Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘Ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurazakov bilan birgalikda O‘zbekiston tumani, "O‘rta qishloq” MFY, Al-Xorazmiy ko‘chasi 19-uy xo‘jaligida yashovchi Sh. Do‘smatova xonadonida bo‘lib, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan barcha ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.