21/09/2023

Joriy yilning 20-sentabr kuni Farg'ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi yetakchi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan Qo‘shtepa tumani, "Do‘rmon” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan xonadonlarida bo‘lib, xonadon egalariga uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan barcha ma’lumotlar joyida haqqoniy va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritildi.