Joriy yilning 22-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminat tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan “ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 19-sentabr kunidagi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 480-son qarorinining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, hukumat qarori bilan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi, unga ko‘ra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatilishi, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani topshirish bo‘yicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshirilishi, shunga ko‘ra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi bo‘yicha talabnoma topshirilishi, so‘ng talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovini amalga oshirishi kerakligi, patent boji to‘langach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuborilishi, intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshirishi haqida keng va atroflicha ma’ruza qildi.
Bundan tashqari, reglamentga ko‘ra, davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar, tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar, jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi..