Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 14,3 ming tonna karam eksport qilindi.
Eksport qilingan karamning umumiy qiymati 7,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan joriy davrda karam eksporti hajmi 4,7 ming tonnaga kamaygan.




