Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatda 2 094,3 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi.
Bu ko‘rsatkich aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,0 % ga oshganini anglatadi.
Raqamli texnologiyalar, telekommunikatsiya va axborot xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borishi ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar hajmining o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda.




