09/09/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 57,0 ming tonna shaftoli eksport qilindi.

 Eksport qilingan shaftolining umumiy qiymati 56,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida eksport qilingan shaftoli hajmiga nisbatan joriy davrda 3,4 ming tonnaga ko‘p mahsulot xorijiy bozorlarga yetkazib berildi.