26/09/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasida tasdiqlangan media-rejaga asosan “2023- yil 2- chorak yakunlari bo‘yicha viloyatda dehqonchilik sohasining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Qishloq xo‘jaligi va ekoligiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarovlar qatnashdilar.

Anjumanda viloytda dehqon xo‘jaligi- oilaviy faoliyatga asoslangan kichik xo‘jalik bo‘lib, xo‘jalik hohishiga ko‘ra yuridik maqomga ega yoki ega bo‘lmagan holda ish yuritidhi, oila boshlig‘iga meros qilib qoldiriladigan umrbod foydalanish uchun berilgan yer uchastkasida oila aʼzolarining mehnati asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, hisobot davrida dehqon xo‘jaliklari tomonidan  don mahsuloti jami, 651,6 ming t., poliz - 15,4 ming t., kartoshka- 199,6 ming t., sabzavot jami, 435,5 ming t., meva va rezavorlar jami, 196,1 ming t., uzum - 2,5 ming t. yetishtirilganligi, 2023–yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi maʼlumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilganimizda, yirik shoxli qoramollarning 91,9 %ni, qo‘y va echkilarning umumiy sonidan  90,8 %ni, otlar umumiy sonidan 76,4 %i, parrandalar umumiy sonidan 63,5 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, 2023–yilning yanvar-iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6 821,8 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 103,2 %ni tashkil qilganligi, ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 43,4 %ni tashkil etganligi, chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste'mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratilayotganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng  yuqoridagi masalalar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.