28/09/2023

2023- yil 1- sentabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 963 tani tashkil etib, 2022- yil 1–sentabr holatiga nisbatan 601 taga kamaygan va 76,6 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 3 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 960 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-avgust oyilarda umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 364,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 92,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.