28/09/2023

2023- yil 1- sentabr holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (IFUT-2 45- bo‘lim 45.2 va 45.40.3 kodlaridan tashqari – motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish) 2 580,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga ko‘paydi. Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 1 268,8 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati- 164,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyetklari savdo hajmi – 1 311,8 mlrd. so‘mni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga ko‘paydi.