29/09/2023

2023- yil yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 288,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022- yilning mos davriga nisbatan 50,8 % ga yoki 92,5 ming tonnaga ko‘paydi.

2023- yil yanvar-avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 162,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 16,3 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 34,1 % ni tashkil etdi.