03/10/2023

Joriy yilning 3-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminat tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan “ O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–868-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabr kungi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonunda davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshirilishi, Davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yilishi, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi,    Davlat chegarasini kesib o‘tishda quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temiryo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylari, samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklari, shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temiryo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan,  belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish, transport vositalariga shaxslarni chiqarish, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish kabi shu va boshqa ma’lumotlar haqida ma’ryza qildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabr kungi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarorida tadbirkorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, 2018–2022- yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirishga ruxsat etilganligi haqida atroflicha to‘xtalib, ma’lumot berildi.