04/10/2023

Joriy yilning 4-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun “Korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Yuristlar malakasini oshirish Markazi dotsenti R.Shakurov hamda  Adliya Vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish Markazining mas’ul xodimi I.Ishonqulovlar qatnashdilar.

Tadbirni Adliya Vazirligi huzuridagi “Yuristlar malakasini oshirish Markazi”ning mas’ul xodimi I.Ishonqulov kirish so‘zi bilan ochib, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohasida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari takomillashtirilayotganligi haqida axborot berib o‘tdi. Shundan so‘ng “Yuristlar malakasini oshirish Markazi” dotsenti R.Shakurov so‘z olib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish izchillik bilan olib borilayotganligi, mamlakatimiz 2008- yilda Korrupsiyaga qarshi konvensiyaga, 2010- yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo‘shilganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida davlat xizmatchilarining korrupsiya holatlari haqida xabar berish majburiyati belgilanganligui,“davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha holatlar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart”ligi nazarda tutilganligi haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.