06/10/2023

Joriy yilning 6-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan Farg‘ona shahar, “Yulduz” MFY, “Yangi asr” ko‘chasi 102/20 uyda istiqomat qiluvchi E.Hayimatov oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.