09/10/2023

Joriy yilning 9-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-oktabr kungi  “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-870-sonli Qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4- oktyabrdagi “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi 526-son qarorlarining mazmun va mohiyatini yuzasidan ma’ruza qildi.

               Ma’ruzachi o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-oktabr kungi  “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-870-sonli Qonunida belgilanganidek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etshlari, mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho berilshi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilishi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishlari, mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuborilishi haqida ma’ruza qildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4- oktyabr kunidagi “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi 526-son qarori bilan ham seminar ishtirokchilarini tanishtirdi. Qarorga ko‘ra “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanligi, Nizom bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilanligi, savdoda ishtirok etish uchun buyurtmachi (Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan tanlab olingan savdo tashkilotlari hamda “Bojxona-servis” davlat muassasasi yoki uning hududiy bo‘limlari) va ishtirokchi savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.