10/10/2023

Joriy yilning 10-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvga tushgan Bag‘dod tumanidagi, “Saxovat” MFY, “Yangi avlod” ko‘chasi 115-uyda istiqomat qiluvchi S.Sottiboyevlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuvning maqsadi haqida qisqacha tushuncha berdi. Xususan, mamlakatimzda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va manzilliy dasturlarni ishlab chiqish uchun shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.