11/10/2023

2023-yil yanvar-avgust oylari holatiga O‘zbekiston tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 351,0 mlrd.so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Transport xizmatlari – 63,9 mlrd.so‘m
Savdo xizmatlari – 118,6 mlrd.so‘m
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 43,9 mlrd.so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 4,6 mlrd.so‘m

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 255,5 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 1 515,0 ming so‘mni tashkil etdi.