11/10/2023

Joriy yilning 11-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Oltiariq tumaniga qarashli “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi.