12/10/2023

2023-yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 445 taga yetdi. Shundan qo‘shma korxonalar 255 ta va xorijiy korxonalar 190 tani tashkil etdi.

Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Sanoat sohasida – 229 ta
Savdo sohasida – 90 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 21 ta
Qurilish sohasida – 32 ta
Tashish va saqlash sohasida – 13 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 14 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 ta
Axborot va aloqa sohasida – 3 ta
Boshqa sohalarda – 34 ta