13/10/2023

Joriy yilning 13-oktabr kuni Qo‘shtepa tumani “Shakar” MFY faollari ishtirokida seminat tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini hamda korrupsiyaviy jinoyat va ularning oqibatlari haqida ma’ruza qildi.

   Ma’ruzachi o‘z so‘zida aholi umumiy savodxonligining pastligi - axoli tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. Jaxon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjudligihaqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga ichi va tashqi nazorat tushunchalariga izoh berib o‘tildi. Jumladan, ichki nazorat - bu usul boshkaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etishi, bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki odob -axloq qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish, xozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muxofaza qiluvchi organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilganligi, tashqi nazorat - bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borishi, ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘prok erkinlik berish va x.klar haqida ma’ruza qildi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallashi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari mazkur o‘quv-seminarda bildirilgan fikr va mulohazalar bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirish berildi.