13/10/2023

Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 317 tani tashkil etdi.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 2 594 ta
sanoat sohasida – 1 397 ta
qurilish sohasida – 370 ta
axborot va aloqa sohasida – 235 ta
tashish va saqlash sohasida – 264 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 320 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 567 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi – 103 ta
boshqa sohalarda – 467 tani tashkil etgan.