13/10/2023

Joriy yilning 13-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida davlat fuqarolik xizmatining vacancy.argos.uz portal orqali hujjat topshirgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining boshqarma boshliqlari ishtirokida ochiq savol-javob va suhbat jarayonlaridan o‘tgan nomzodlar tanishtirildi. Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Ne’matjon Hamidov hamda O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Jamolxon Madrahimovlar tegishli buyruq bilan tayinlandilar.