13/10/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 36 591 taga yetdi. Shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 359 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Farg‘ona shahrida – 5 838 ta
• Qo‘qon shahrida – 3 830 ta
• Marg‘ilon shahrida – 3 219 ta
• Oltiariq tumanida – 2 023 ta
• Uchko‘prik tumanida – 1 876 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 14 490 ta
• sanoat sohasida – 7 874 ta
• qurilish sohasida – 2 926 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 147 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 798 ta