16/10/2023

Joriy yilning 13-oktabr kuni Fargona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvga tushgan Buvayda tumanidagi, “Dotxo” MFYda istiqomat qiluvchi respondent S,Fayzullayevlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuvning maqsadi haqida qisqacha tushuncha berdi. Xususan, mamlakatimzda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va manzilliy dasturlarni ishlab chiqish uchun shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.