20/10/2023

Joriy yilning 19-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvga tushgan Qo‘shtepa tumanidagi, “ Qizilariq ” MFY, “Nurli zamin” ko‘chasi 58-uyda istiqomat qiluvchi N.Holiqovlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuvning maqsadi haqida qisqacha tushuncha berdi. Xususan, mamlakatimzda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va manzilliy dasturlarni ishlab chiqish uchun shakllantirilishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.