20/10/2023

Joriy yilning 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tizimi xodimlari o‘rtasida yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan “Til – davlat timsoli va mulki.” mavzusida seminar tashkil etildi. 

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Davlat tilida ish yuritish va lotin yozuviga asoslangan ish hujjatlariga mas’ul xodim M.Valiyeva ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, o‘tgan o‘ttiz to‘rt yilda mamlakatimizda o‘zbek tilida so‘zlashadigan aholi soni ortib borayotgani, mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tiliga katta e’tibor qaratilayotganligi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengayganligi, o‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilinganligi natijasida 2020-yil 10-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunining I-moddasiga asosan Davlat tili qonun himoyasiga olinganligi yaqqol misol bo‘la oladi. Bundan tashqari o‘zbek tilining shakllanish tarixiga to‘xtalib o‘tildi. Seminar qatnashchilari mavzu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalar bildirdilar.