25/10/2023

 

Joriy hisobot davrida Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 7674,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 54,6 % ni tashkil etdi.

Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshloq tumanida kuzatilib, u 77,3% yoki 758,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 3502,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 24,9 % ini tashkil etdi. Qolgan 20,5 %, ya’ni 2890,7 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.