26/10/2023

 

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 654,2 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 15 592,2 mlrd. so‘mni, chorvachilik mahsulotlari 11 061,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 62,6%i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 34,2 %i - fermer xo‘jaliklariga, 3,2 %i - qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.