27/10/2023

 

2023–yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 259,2 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu esa 2022–yilning yanvar–sentabrga nisbatan 1,5 %ga ko‘p demakdir. Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 86,3 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.