27/10/2023

 

Joriy yilning 26-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan Beshariq tumani, “Do‘stlik” MFY, “Beshovul” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Rahmonovalar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.