27/10/2023

 

Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan “Vodil” chegara bojxona postida Farg‘ona viloyati statistika oshqarmasining ishchi guruh tomonidan statistik kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan uyushmagan tovarlarni olib kirish, yani xorijdan shaxsiy foydalanish uchun sotib olingan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi kutilmaydigan mahsulot tannarxi, tovarlar miqdori, qaysi davlatdan kelayotganligi kabi ma’lumotlarni shakllantirish va planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.Bundan tashqari, kuzatuvda qatnashgan fuqarolarga suhbat davomida olingan ma’lumotlar faqatgina statistik maqsadlarda foydalanish nazarda tutilganligi alohida tushuntirib o‘tildi.
Axborot xizmati.