30/10/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Furqat tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 151,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 48,8 %ga yetdi.

Shundan:
Markazlashgan investisiyalar – 18,8 mlrd. so‘m
-Respublika budjeti – 17,9 mlrd. so‘m
- Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 0,9 mlrd. so‘m

Markazlashmagan investisiyalar – 132,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
-Korxona o‘z mablag‘I – 12,0 mlrd. so‘m
-To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar – 48,7 mlrd. so‘m
-Aholi mablag‘I – 71,0 mlrd. so‘m
-Bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 1,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.