30/10/2023

2023–yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 139,5 ming tonna go‘sht ishlab chiqarildi. 2022–yilning yanvar–sentabriga nisbatan 6,8 %ga ko‘p demakdir. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 81,9 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.