31/10/2023

Joriy yilning 31-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi B.Ahadjonovlar tomonidan Marg‘ilon shahriga qarashli “Yo‘rmado‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.