01/11/2023

Joriy yilning 1-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi B. Hamdamov tomonidan Qo‘shtepa tumani, “Qizilariq” MFY, “Shahriston” ko‘chasi 104 uyda istiqomat qiluvchi U.Yo‘ldashevlar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.