02/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 15 270,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 106,0 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi :
Farg‘ona shahri - 2 815,2 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 2 802,5 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri - 2 415,4 mlrd. so‘m
Quva tumani -828,1 mlrd. so‘m
Uchko‘prik tumani - 821,6 mlrd. so‘m
Buvayda tumani - 710,4 mlrd. so‘m
Beshariq tumani -600,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.