02/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Yozyovon tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 329,4 mlrd.so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Transport xizmatlari – 37,1 mlrd.so‘m
Savdo xizmatlari – 208,5 mlrd.so‘m
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 21,2 mlrd.so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 2,4 mlrd.so‘m

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 285,6 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 2 787,2 ming so‘m miqdorida qayd etildi.