02/11/2023

Joriy yilning 1-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatubva tushgan Qo‘shtepa tumanidagi, “Qizilariq” MFY, “Mardona” ko‘chasi 68-uyda istiqomat qiluvchi R.O‘rinboyevlar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuvning maqsadi va mohiyatini tushuntirib o‘tdi. 

Jumladan, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.