02/11/2023

Farg‘ona viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 597,8 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,2 kishiga ortgan.

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi
Marg‘ilon shahrida - 6 097,6 kishi
Farg‘ona shahrida - 2 150,5 kishi
Uchko‘prik tumanida - 1 031,8 kishi
Qo‘qon shahrida - 1 006,2 kishi
Toshloq tumanida - 896,7 kishini tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkichlar:
Yozyovon tumani - 292,9 kishi
Beshariq tumanida - 312,0 kishi
Oltiariq tumanida - 360,2 kishi
So‘x tumanida - 376,5 kish
Farg‘ona tumanida - 390,8 kishini tashkil etgan.