02/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Qo‘qon shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3316,8 mlrd.so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Transport xizmatlari – 658,5 mlrd.so‘m
Savdo xizmatlari – 846,5 mlrd.so‘m
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 64,9 mlrd.so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 40,3 mlrd.so‘m

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 2 328,0 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 11 849,9 ming so‘m miqdorida qayd etildi.