31/10/2023

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10966,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Farg‘ona (1 822,6 mlrd. so‘m), Qo‘qon (1 577,2 mlrd. soʻm), Marg‘ilon (932,1 mlrd.soʻm), Uchko‘prik (1 392,6 mlrd.soʻm), Qo‘shtepa (771,3 mlrd. soʻm) va Beshariq (566,3 mlrd. soʻm) shahar va tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. So‘x (77,5 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.