03/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Quva tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 335,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 135,8 %ga yetdi.

Shundan:
Markazlashgan investisiyalar – 26,7 mlrd. so‘m
Respublika budjeti – 24,9 mlrd. so‘m
 Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 1,8 mlrd. so‘m

Markazlashmagan investisiyalar – 308,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Korxona o‘z mablag‘i – 24,7 mlrd. so‘m
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar – 127,2 mlrd. so‘m
Aholi mablag‘i – 132,4 mlrd. so‘m
Bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 24,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.