03/11/2023

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabr kungi “Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–353-son qarorining mazmun-mohiyatlarini tushuntirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65 foizga yangilangan va ancha “to‘lishgan” bosh qomusi 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga qadar 1992-yildan buyon Konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi.

Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshganligi, Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi,      Yangi Konstitutsiyaning 19-moddasida fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi, imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanishi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shartligi, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi, insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi, O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilishi, yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlanishi va ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgar ekanliklari haqida keng va atroflicha ma’ruza qildi.  Bundan tashqari aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinganligi va 2024-yil 1-yanvardan boshlab, fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi berilganligi, fuqarolar pensiya tayinlanganidan so‘ng shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini YaIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi, 2025- yil 1- martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etilganligi,  yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan hisoblanib va tayinlanishi, fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi berilganligi, 2025- yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etilishi haqida atrofliucha tushuncha berib o‘tildi.