03/11/2023

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatubva tushgan Farg‘ona shahar, “Yulduz” MFY, “Yangi asr” ko‘chasi 98/79-uyda istiqomat qiluvchi G.Rahimova bilan suhbatlashib, mazkur kuzatuvning maqsadi va mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Jumladan, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.